add

Kim Chen In Pekinga qizi bilan bordi

KXDR rahbarining farzandi ilk bor otasining xorijiy davlatga safarida unga hamroh bo‘lmoqda.

Kim Chen In Pekinga qizi bilan bordi
Koreya xalq demokratik respublikasi rahbari Kim Chen In qizi Kim Chju E hamrohligida Xitoyga bordi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi suratiga asoslanib, «Renxap» agentligi xabar berdi. Suratda Shimoliy Koreya rahbari poyezddan platformaga tushgach, tarkibida qizi ham bo‘lgan delegatsiya bilan birgalikda yurganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, u otasi bilan birinchi marta Xitoyga tashrif buyurmoqda. Koreya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inning zirhli poyezdi Pekinga mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida yetib kelgan. Xitoyda Shimoliy Koreya rahbari Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning taklifiga ko‘ra, Kim Chen Inni Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi va hukumati a’zolari kuzatib bormoqda. Bu tashrif uning ko‘p tomonlama diplomatik forumda ilk bor ishtirok etishi bo‘ladi. Pekindagi tantanali tadbirlar 3 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Tyananmen maydonida harbiy parad bo‘lib, unda 26 davlat rahbarlarining qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.

Teglar

Mavzuga oid

Kim Chen In Pekinga qizi bilan bordi | Vaqt.uz