add

Nikol Pashinyan: «Armaniston KXSHTdan mustaqil bo‘ldi»

02.10.2025 | 10:2225362

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHT mamlakat xavfsizligiga doir majburiyatlarni bajarmaganini aytdi va mamlakat 2022 yildan o‘zini mustaqil deb hisoblashini bildirdi.

Nikol Pashinyan: «Armaniston KXSHTdan mustaqil bo‘ldi»
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentdagi hukumat soatida chiqish qilib, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) mamlakat uchun o‘z majburiyatlarini bajarmaganini bildirdi. «2022 yilda KXSHT bizga nisbatan o‘z majburiyatlarini bajarmasligini anglaganimizda, biz mustaqil bo‘ldik. Chunki faqat o‘zimizga tayanish mumkinligini tushundik», — dedi Pashinyan. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHTning xavfsizlik tizimi asossiz «pufak» bo‘lib chiqdi va bu tashkilot Armaniston davlatining mustaqil ravnaq topishiga to‘sqinlik qilgan. 2024 yilda Pashinyan Armanistonning KXSHTdagi ishtirokini «muzlatganini» e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda ham qatnashmasligini bildirdi. Bu qaror Qorabog‘dagi vaziyatiga KXSHTning munosabati va Armaniston himoyasiga beparvo qaragani bilan izohlangandi. Rossiya rasmiylari Yerevanning qarorini suveren hukumat huquqi sifatida qabul qilgan bo‘lsa-da, Armaniston hali rasmiy ravishda tashkilotdan chiqmaganini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid