O‘zbekiston MOda havo yuk tashish hajmi bo‘yicha eng katta o‘sishga erishdi. Qozog‘iston yetakchi
Markaziy Osiyodagi o‘sishning asosiy omili to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit — Ankorijdagi tarixiy texnik qo‘nish joyiga o‘xshash modeldan foydalangan holda, mintaqa aeroportlari orqali bojxona rasmiylashtiruvisiz o‘tadigan yuklar bo‘lib qolmoqda.
© Uzbekistan AirwaysO‘zbekiston havo yuk tashish hajmining o‘sishi bo‘yicha Qirg‘izistonni ortda qoldirib, Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tahliliy hisobotida so‘z boradi.
Mamlakat bunday ko‘rsatkichga so‘nggi besh yil ichida erishdi. Xuddi shu davrda mintaqa bo‘ylab havo yuklarining umumiy hajmi ikki baravardan ko‘proq oshdi. Taqqoslash uchun, dunyodagi eng yirik havo yuk tashish markazi bo‘lgan Gonkong deyarli o‘zgarishsiz qoldi, Yevropaning asosiy havo yuk tashish markazi bo‘lgan Frankfurtda esa hajmlar taxminan 5 foizga kamaydi. Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qozog‘iston mintaqada yetakchilikni saqlab qolmoqda, kiruvchi, chiquvchi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit yuklarining umumiy hajmi 2019 yilga nisbatan 149 foizga oshdi.
O‘zbekiston 182 foiz o‘sish bilan Qirg‘izistondan o‘zib ketdi, bunday ildamlashga infratuzilmaga to‘xtovsiz kiritilgan investitsiyalar sabab qilib ko‘rsatilgan. Markaziy Osiyodagi o‘sishning asosiy omili to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit — Ankorijdagi tarixiy texnik qo‘nish joyiga o‘xshash modeldan foydalangan holda, mintaqa aeroportlari orqali bojxona rasmiylashtiruvisiz o‘tadigan yuklar bo‘lib qolmoqda.
Bunday trafikning ulushi mintaqaning umumiy yuk hajmining 59 foizdan taxminan 65 foizgacha oshdi. Xalqaro kiruvchi va chiquvchi yuk oqimlari ham oshdi, garchi kiruvchi trafik hali ham chiquvchi trafikdan sezilarli darajada oshib ketsa ham.
Shu bilan birga, IATA ma’lumotlariga ko‘ra, chiquvchi hajmlarning keskin o‘sishi mintaqa oddiy texnik to‘xtashdan tashqariga chiqayotganini va Yevropa va Xitoy o‘rtasidagi yo‘nalishlarda faol konsolidatsiya (mablag‘larni yoki ma’lumotlarni yagona bir butunga birlashtirish) markaziga aylanayotganini ko‘rsatadi. Bir qator mamlakatlarda havo maydonlari cheklovlari mavjud bo‘lgan bir paytda, tashuvchilar o‘z yo‘nalish tarmoqlarini qayta tuzmoqdalar va Markaziy Osiyo bundan bevosita foyda ko‘rmoqda.
Mintaqaning Gonkongga nisbatan trafik ulushi besh yil ichida taxminan o‘ndan bir qismdan deyarli beshdan bir qismgacha, Frankfurtga nisbatan esa beshdan bir qismdan ikki beshdan ko‘proq qismgacha oshdi. Biroq, IATA to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzit mahalliy iqtisodiyotga cheklangan iqtisodiy foyda keltirishini urg‘ulaydi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan kiruvchi, chiquvchi va bog‘lovchi trafikning barqaror o‘sishi aeroport ekotizimlari va mintaqaviy logistika salohiyatini mustahkamlaydi.





