add

O‘zbekistonda 1-yanvardan davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy qilinadi

Bugun 16:551122

Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar minimal sug‘urta staji va to‘lagan badaliga mutanosib ravishda Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali to‘lanadi.

O‘zbekistonda 1-yanvardan davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy qilinadi

«Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–206-sonli prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida xabar berildi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:

  • majburiy asoslarda – O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir qismi hisobidan;

  • ixtiyoriy asoslarda – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sug‘urta badalining eng kam miqdorini to‘lash evaziga.

Fuqarolarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ularning minimal sug‘urta staji va to‘lagan sug‘urta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali to‘lanadi.

Shuningdek,2026-yilning 1-yanvaridan jamg‘arma orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hamda 1 iyulidan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi proaktiv shaklda tayinlanadi va to‘lanadi.

Bundan tashqari, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan ishdan bo‘shatish nafaqasi ham Jamg‘arma orqali tayinlanadi va to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bepul davolanadigan orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turi 5 tadan 10 taga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 1-yanvardan davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy qilinadi | Vaqt.uz