add

O‘zbekistonda noyabr oyida 101,1 mingta avtomobil sotilgan

Bugun 10:351791 daqiqa

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil noyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorining holatiga doir yangilangan tahlilni e’lon qildi.

O‘zbekistonda noyabr oyida 101,1 mingta avtomobil sotilgan

O‘zbekistonda moyabr oyida avtotransport vositalarining barcha toifalari bo‘yicha jami savdolar hajmi 101,1 ming donani tashkil etgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori. Hududlar kesimida barcha yengil avtomobillar savdosi o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahri (+33,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8 foiz) yetakchilik qildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshgan, bu o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan taxminan 4,4 ming donaga ko‘pdir.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga o‘sgan.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5 ming donaga yaqin bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5 foizga yuqori qayd etilgan.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Ikkilamchi avtomobil bozorida noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil realizatsiya qilingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.

Shu bilan birga, poytaxtda foydalanilgan avtomobillar savdosi 1,4 barobarga oshgan va o‘tgan yil noyabriga nisbatan 3,4 mingtaga ko‘p avtomobil sotilgan.

Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda elektromobillar realizatsiyasi yillik hisobda 1,8 barobarga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 379 158 ta mashina sotilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid