
O‘zbekistonda yarim yilda qariyb 10 ming egizak tug‘ildi
20.08.2025 | 20:204382
Eng ko‘p egizak tug‘ilgan viloyat – Samarqand, eng kami esa Navoiy bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil yanvar-iyun oylarida mamlakat bo‘yicha qayd etilgan egizak chaqaloqlar sonini e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yarim yil ichida jami 9 738 nafar egizak tug‘ilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p egizaklar Samarqand viloyatida qayd etilgan – 1 197 nafar. Farg‘ona viloyati ikkinchi o‘rinni egallab, bu yerda 1 172 nafar egizak tug‘ilgan. Qashqadaryo viloyatida esa 1 054 nafar egizak dunyoga kelgan.
Egizaklar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (856 nafar), Andijon (883 nafar), Namangan (778 nafar), Buxoro (486 nafar) va Toshkent (686 nafar) viloyatlari qayd etilgan. Toshkent shahrida 730 nafar egizak tug‘ilgani aniqlangan.
Eng kam ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilgan – bu yerda yarim yilda 233 nafar egizak tug‘ilgan. Shuningdek, Sirdaryo (258 nafar) va Jizzax (410 nafar) viloyatlarida ham nisbatan past ko‘rsatkich kuzatilgan.





