add

Qashqadaryoda 4 nafar egizak dunyoga keldi

Bugun 18:153141

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi oilada 4 nafar egizak qizaloq tug‘ildi. Shu bilan oiladagi farzandlar soni 9 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda 4 nafar egizak dunyoga keldi

Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida 4 nafar egizak chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, egizak qizaloqlar Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova oilasida tug‘ilgan. Ular avvaldan besh nafar qizni voyaga yetkazayotgan bo‘lib, yangi tug‘ilgan egizaklar bilan farzandlar soni to‘qqiz nafarga yetdi.

Qayd etilishicha, chaqaloqlar kesarcha kesish amaliyoti orqali muddatidan oldin tug‘ilgan. Ular tegishlicha 1400 gramm, 1450 gramm, 1600 gramm va 1400 gramm og‘irlikda dunyoga kelgan. Hozirda qizaloqlar tibbiy muassasada xalqaro protokollar asosida parvarish qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Toshkent shahrida ham 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 9 738 nafar egizak tug‘ilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Qashqadaryoda 4 nafar egizak dunyoga keldi | Vaqt.uz