Logo

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi

Bugun 10:551 daqiqa

Tashrif davomida energetika, atom sanoati, transport, qishloq xo‘jaligi hamda investitsiya sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi © prezident.uz

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, ilmiy-texnika va madaniy-gumanitar sohalardagi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 Energetika sohasida, jumladan, atom sanoatida, shuningdek, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva va Toshkent bir qator yirik infratuzilma loyihalarini, asosan energetika sohasida amalga oshirmoqda. Bularga atom elektr stansiyasi qurilishi, Rossiya gazini yetkazib berish uchun quvur liniyasi infratuzilmasini rivojlantirish va O‘zbekistonga Rossiya elektr energiyasini yetkazib berish rejalari kiradi.

Bundan tashqari Mishustin, 17-iyun kuni ochiladigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbir mintaqadagi eng yirik iqtisodiy platformalardan biri bo‘lib, mamlakatning investitsiya salohiyatini xalqaro biznes hamjamiyatiga namoyish etishga qaratilgan. Rossiya Bosh vazirining O‘zbekistonga oxirgi tashrifi 2024 yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Teglar

Mavzuga oid