add

Saida Mirziyoyeva «Zakovat-Gambit» g‘oliblarini tabrikladi

25.10.2025 | 13:562171

Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Zakovat-Gambit» turnirida 2200 dan ziyod shaxmatchi ishtirokchi etdi. Saida Mirziyoyeva g‘oliblarni tabriklab, ayniqsa qizlarning yutuqlaridan mamnunligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva «Zakovat-Gambit» g‘oliblarini tabrikladi

23 oktyabr kuni Toshkent shahrida «Zakovat-Gambit» shaxmat musobaqasining to‘rtinchi, ya’ni navbatdagi yillik turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi bellashuvda 2210 nafar shaxmat ixlosmandlari ishtirok etdi, shulardan 286 nafari ayol-qizlardir.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva musobaqa g‘oliblarini samimiy tabriklab, shaxmat sohasida erishilayotgan natijalar mamlakat uchun faxr ekanini ta’kidladi. U o‘z chiqishida: «Biz g‘oyalarimizga ishonchsizlik bildirilgan davrdan to xalqaro e’tirofga erishish va shaxmatchilarimiz bilan faxrlanishgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik.

Men, ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman, shu o‘rinda barcha qatnashchilarga omad, eng asosiysi, o‘zlariga ishonishlarini tilab qolaman!», — dedi.

Musobaqaning final bosqichiga jami 91 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular beshta guruhda bellashib, har bir guruhdagi ishtirokchilar eng yaxshi natija uchun kurash olib bordi. Bu yilgi «Zakovat-Gambit» turnirining umumiy sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etadi.

Turnir doirasida maxsus mehmonlar — Germaniyalik grossmeyster Mattias Blyubaum va Bolgariyalik sobiq jahon chempioni Antuanetta Stefanova ishtirokchilar bilan muloqot o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Teglar

Mavzuga oid