
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi
21.08.2025 | 22:3013552
Tashrif davomida davlat rahbari «Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22 avgust kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida davlat rahbari «Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etadi.
Shuningdek, «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.





