add

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi korxonalar soni 13 mingga yaqinlashdi

21.07.2025 | 13:4517612

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025 yil 1 iyul holatiga 12 927 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yarim yil davomida 2 174 taga ko‘payganini anglatadi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi korxonalar soni 13 mingga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, soha jadal rivojlanmoqda va respublika bo‘ylab sog‘liqni saqlashga ixtisoslashgan xususiy va davlat muassasalar soni ortib bormoqda. Hududlar kesimida eng ko‘p korxonalar Toshkent shahrida joylashgan — 2 234 ta, bu umumiy soha ulushining 17,3 foizini tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (1 491 ta), Samarqand (1 252 ta) va Andijon (1 175 ta) viloyatlari bormoqda. Qashqadaryo viloyatida 1 009 ta, Buxoroda 961 ta, Toshkent viloyatida 896 ta, Namanganda 874 ta, Xorazmda 758 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 665 ta, Surxondaryoda 524 ta, Navoiyda 509 ta, Jizzaxda 379 ta, Sirdaryo viloyatida esa 200 ta shunday tashkilot ro‘yxatga olingan. So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, xususiy sektorga berilgan imtiyozlar va talab yuqoriligi ushbu sohadagi korxonalar sonining o‘sishiga turtki bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid