add

Suriyaga qarshi AQSH sanksiyalari vaqtincha to‘xtatildi

24.05.2025 | 15:0018033

AQSH Suriyaga nisbatan joriy etilgan ayrim sanksiyalarni yarim yilga to‘xtatdi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining bayonotida ma’lum qilindi.

Suriyaga qarshi AQSH sanksiyalari vaqtincha to‘xtatildi
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu qaror Suriya aholisini elektr energiyasi, toza ichimlik suvi va boshqa gumanitar yordamlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan. AQSH senatori Marko Rubioga ko‘ra, sanksiyalar yumshatilishi ortidan Damashqdan muayyan siyosiy islohotlar kutilmoqda. Rubio ta’kidlashicha, Vashington Suriya hukumati xalqaro hamjamiyat talablariga mos harakatlar qiladi, degan umidda. Xususan, Tramp ma’muriyati Damashqdan siyosiy yo‘nalishlar bo‘yicha "tezkor qadamlar" kutayotganini bildirgan. Avvalroq AQSH Moliya vazirligi ham Suriyaga nisbatan ayrim moliyaviy cheklovlar bekor qilinganini e’lon qilgan edi. Bu sanksiyalar gumanitar ehtiyojlarga javobgar bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va xususiy sub’ektlar faoliyatini yengillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, ushbu qaror Suriyadagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yumshatishga yordam beradi. Biroq bu Vashingtonning Suriya siyosatida uzoq muddatli o‘zgarishlar bo‘ladi, degan ma’noni anglatmaydi. Sanksiyalar to‘xtatilishi 180 kunlik muddat bilan cheklangan bo‘lib, keyingi qadamlar Damashqning siyosiy pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid