add

Tibbiyotda tarixiy islohotlar: Prezident farmonida ko‘zlangan yetti asosiy maqsad

19.06.2025 | 16:4023223 daqiqa

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar nafaqat tizimni tubdan yangilash, balki aholiga tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan. Prezidentning 2024 yil 19 mayda qabul qilgan farmoni — bu jarayonda yo‘l xaritasi vazifasini bajarayotir.

Tibbiyotda tarixiy islohotlar: Prezident farmonida ko‘zlangan yetti asosiy maqsad
Ushbu farmon orqali tibbiy xizmatlarni ilg‘or xalqaro tajriba asosida tashkil etish, raqamlashtirish va tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Asosiy maqsad esa — xalq roziligini ta’minlash. Farmonda qayd etilgan birinchi maqsad — birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro standartlarga asoslangan yangi modelini joriy etishdir. Bu aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishning asosi sifatida ko‘rilmoqda. Ikkinchi yo‘nalish — mahalliy tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil qilish va ularni aholiga yaqinlashtirishdan iborat. Uchinchi maqsad — oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazishdir. To‘rtinchi maqsad — raqamlashtirish orqali tibbiyotda qog‘ozbozlikni kamaytirish va shifokorlar yukini 30 foizgacha tushirish. Bu orqali tibbiyot xodimlari bemorlarga yanada ko‘proq vaqt ajrata oladi. Beshinchi maqsad — tibbiy xizmatlardan aholi roziligini 85 foizga yetkazish. Bu ko‘rsatkichni oshirish uchun servis sifatini yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Oltinchi maqsad — tibbiyot xodimlarini samaradorlik asosida moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish. Bu sohaga intilish va raqobatbardoshlik olib kelishi kutilmoqda. Yakuniy maqsad — tibbiyot brigadalari xodimlarining bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdir. Bu orqali kadrlar salohiyati oshirilib, tizim samaradorligi kuchaytiriladi. Farmonda ulkan va ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan. Ularning hammasini birlashtirib turgan jihat esa — odamlar roziligiga erishish, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Teglar

Mavzuga oid