
Uy ta’miri, ta’lim yoki to‘y: O‘zbekistonliklar pullarini asosan nimalarga sarflayapti?
21.08.2025 | 09:0320493
Markaziy bank o‘zbekistonliklar oylik daromadini ko‘proq nimalarga sarflayotganini tahlil qildi.

O‘zbekiston aholisining barcha qatlamlarida uy-joy ta’miri uchun xarajatlar yuqori ulushga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, asosiy xarajatlar qatorida ta’lim va davolanish uchun qilinadigan sarflar yuqori. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan «Iste’mol kayfiyati sharhi»da keltirilgan.
Qayd etilishicha, respondentlarning yosh guruhlari bo‘yicha tahlil qilinganda, asosan 18-30 yosh orasidagi ishtirokchilar uy-joy ta’miri, ta’lim xarajatlarini rejalashtirayotganligini ta’kidlashgan bo‘lsa, o‘rta yosh vakillari (31-40 yoshlilar) asosan uy-joylarini ta’mirlashni, 50 yoshdan yuqorilar esa davolanish va boshqa xarajatlarni ta’kidlashgan.
Kelgusi chorakda rejalashtirayotgan yirik xaridlar bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlar asosan uy-joy ta’mirlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda yirik xarajatlarni rejalashtirmoqdalar.
Shu bilan birga, avtomobil xaridi, to‘y marosimlari va sayohat qilish kabi xarajatlar bo‘yicha kutilmalarning ulushi ham yuqori shakllanmoqda va bu ushbu tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab kelgusi davrda ham yuqori qolishini ko‘rsatadi.





