Logo

Yerda 17–18 may kunlari magnit bo‘ronlari kutilmoqda

17.05.2025 | 09:013 daqiqa

Quyosh faolligi ortishi tufayli shanba va yakshanba kunlari Yerda magnit bo‘ronlari yuzaga kelishi mumkin. Olimlar bu holat inson salomatligi va texnika uskunalariga ta’sir qilishi mumkinligini aytishmoqda.

Yerda 17–18 may kunlari magnit bo‘ronlari kutilmoqda
Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 17 va 18 may kunlari Yer atrofida geomagnit faollik ortishi kutilmoqda. Bu holatga Quyoshdagi katta koronal teshik sabab bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu kunlarda Quyosh shamoli tezligi odatdagi soniyasiga 400 kilometrdan 600–700 kilometrgacha oshishi mumkin. Bu esa Yer magnit qobig‘ida [G1] va [G2] darajali bo‘ronlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar quyosh zarralari va magnit maydoni parametrlari muayyan moslikka erishsa, [G3] darajali kuchli bo‘ron ham kuzatilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, geomagnit bo‘ronlar ehtimoli 30–40 foizni tashkil etmoqda. Buning natijasida insonlar o‘zida bosh og‘rig‘i, charchoq, uyqusizlik yoki asabiylashish kabi alomatlarni sezishi mumkin. Bundan tashqari, bunday magnit faolligi elektron uskunalar, aloqa tizimlari va sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda texnik nosozliklar ehtimoli oshadi. Mutaxassislar aholiga tinichlikni saqlash va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishni tavsiya qilmoqda. Xususan, xavf guruhiga kiruvchi insonlar — yurak-qon tomir xastaligi borlar ehtiyot choralarini ko‘rishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid