add

9 oy ichida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan

Bugun 13:401151

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida mamlakat bo‘yicha 177 mingta nikoh rasman ro‘yxatdan o‘tgan, ularning eng ko‘pi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

9 oy ichida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan

O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi mobaynida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozuv organlarida jami 177 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p nikohlar Samarqand viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan — 21,2 mingta. Bu respublika bo‘yicha jami nikohlarning qariyb 12 foizini tashkil etadi.

Samarqanddan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati 19,4 ming va Qashqadaryo viloyati 17,7 ming nikoh bilan egalladi. Toshkent shahrida 16,9 ming juftlik turmush qurgan.

Andijon viloyatida 14,9 ming, Surxondaryoda 14,0 ming, Namanganda 13,8 ming va Toshkent viloyatida 13,4 ming nikoh qayd etilgan.

Bu hududlar nikohlar soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mintaqalar sifatida qayd etildi.

Eng kam nikohlar Sirdaryo viloyatida — 4,5 ming va Navoiy viloyatida — 5,5 ming bo‘lgan. Shuningdek, Buxoro viloyatida 9,8 ming, Xorazmda 9,5 ming, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8,7 ming, Jizzax viloyatida esa 7,6 ming nikoh ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi oilalar eng ko‘p qanday sabablar bilan ajrashayotganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

9 oy ichida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan | Vaqt.uz