add

Afrikada 2,76 million bola 5 yoshga yetmay vafot etgan — UNICEF

Bugun 10:141361 daqiqa

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda dunyo bo‘ylab 5 yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etgan bo‘lib, eng og‘ir ahvol Afrika qit’asida qayd etilgan.

Afrikada 2,76 million bola 5 yoshga yetmay vafot etgan — UNICEF

UNICEF taqdim etgan hisobotga ko‘ra, 2023 yilda butun dunyoda 5 yoshga to‘lmagan bolalar o‘limi hali ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Jahon miqyosida bolalar omon qolishi ko‘rsatkichlari yaxshilanganiga qaramasdan, ayrim hududlarda vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

Eng katta yo‘qotish Afrika qit’asida kuzatilgan. Bu hududda 2023 yil davomida 2,76 million bola 5 yoshga yetmasdan vafot etgan. Bu ko‘rsatkich qit’ada sog‘liqni saqlash tizimi, oziq-ovqat xavfsizligi va ona-bola salomatligi sohasidagi muammolar hali ham hal etilmaganini ko‘rsatadi.

BMTning bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha Idoralararo guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar o‘limi ulushi eng yuqori mamlakat Niger hisoblanadi. U yerda bolalarning 11,5 foizi 5 yoshga yetmay hayotdan ko‘z yumgan. Nigeriya, Chad va Somalida ham vaziyat o‘ta keskin bo‘lib, bu davlatlarda har o‘ninchi bola 5 yoshgacha yashay olmaydi.

Shu bilan birga, Afrikaning shimoliy qismida ko‘rsatkichlar nisbatan past. Tunisda bolalar o‘limi 1,3 foizni, Marokashda 1,7 foizni, Misrda esa 1,8 foizni tashkil etgan. Bu raqamlar Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlar ko‘rsatkichlariga yaqin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiya va Meksikada bolalar o‘limi darajasi 1,2 foiz atrofida. Yevropada esa eng yuqori ko‘rsatkich Moldovada qayd etilgan bo‘lib, u taxminan 1,5 foizni tashkil etadi.

Teglar

Mavzuga oid