add

Armaniston Rossiyaga keskin javob qaytardi

«Biz Rossiyaga Armanistonni qanday qutqarishni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya Armaniston rasmiylari Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga qarshi chiqdi.

Armaniston Rossiyaga keskin javob qaytardi

Armaniston parlamentining tashqi aloqalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sarkis Xandanyan mamlakat o‘z xavfsizlik siyosatini Rossiyaning talab va tavsiyalarisiz amalga oshirishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Armaniston o‘z yo‘lini mustaqil belgilaydi va tashqi kuchlarning «qutqaruvchi» sifatida aralashuviga ehtiyoj sezmaydi.

«Biz Rossiyaga Armanistonni qanday qutqarishni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Arman xalqi o‘z kuchiga ishonadi va mamlakat ichida yetarli imkoniyatga ega», - degan Xandanyan Yerevanda o‘tkazilgan Yevronest parlament assambleyasining yalpi majlisida.

Deputat so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ayrim tashqi ta’sirlar hisobiga gibrid hujumlar belgilari sezila boshlagan. U bu holatni ilgari Moldova boshidan kechirgan siyosiy bosimlar bilan qiyosladi.

Shu bilan birga, Xandanyan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarda mo‘rt tinchlik o‘rnatilganini ta’kidlab, uni mustahkamlash uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini aytdi. U, xususan, mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish va TRIPP (“Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘li”) loyihasini amalga oshirish g‘oyasi mintaqaviy xavfsizlikka hissa qo‘shishi mumkinligini qayd etdi.

«Bu loyiha nafaqat Armanistonni, balki butun Markaziy Osiyoni ham Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtirishi mumkin», — dedi u.

Xandanyanning fikricha, aynan shunday qadamlar mintaqa uchun barqaror xavfsizlik kafolatini yaratadi.

Teglar

Mavzuga oid

Armaniston Rossiyaga keskin javob qaytardi | Vaqt.uz