add

Belgiya va Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi

Kecha 20:401 daqiqa

O‘zbekiston TIV rahbari ikki Yevropa davlati elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib, iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Belgiya va Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi

2026 yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiya hamda Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchilari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar doirasida diplomatlar ishonch yorliqlarini topshirib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Belgiya elchisi Erik de Mayerdan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida savdo, investitsiya va biznes sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu kuni Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Gvido de Sanktis ham ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rag‘batlantirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari har ikki diplomatga mamlakatdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.

Teglar

Mavzuga oid