
Boysunda neft sizib chiqayotgani aytilmoqda
Kecha 17:321 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda ariqda neft oqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» (M25) koni yaqinidagi hududlarda neft sizib chiqayotgani aytilgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan rasmiy tashkilotlar hali hech qanday rasmiy izoh berishmadi.
Eslatib o‘tamiz, 30-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida katta portlash sodir bo‘lgandi.
Qolaversa, 2024 yil 1-sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Mustaqillikning 25 yilligi» (M25) konida avariya ro‘y berib, atmosferaga vodorod sulfid gazi tarqalgan. 17-sentabr kuni ushbu kondan yana oltingugurt gazi chiqa boshlashi bilan bog‘liq avariyada 4 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan. 2025 yil 5-may kuni kondagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgan.





