add

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

Bugun 12:201101 Daqiqa

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shimoliy hududlarning ba’zi joylarida -2 daraja sovuq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi. Bu me’yoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan +2...+4 daraja yuqoridir.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan juda mayin shamol esib turadi.

Toshkentda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +4...+6 daraja iliq, kunduzi +15...+18 darja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab havo ifloslanish darajasi inson hayoti uchun xavfli darajada turibdi. Vaqt.uz bunday sharoitda nimalarga amal qilish muhimligi haqida tavsiyalar berib o‘tgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi | Vaqt.uz