Haftalik narxlar: qaysi mahsulot arzonladi, qaysi oshdi?

VAQT.UZ Markaziy bank ma’lumotlari asosida eng muhim 15 ta oziq-ovqat mahsulotining haftalik narxlaridagi o‘zgarishlarni muntazam tahlil qilib boradi.

Haftalik narxlar: qaysi mahsulot arzonladi, qaysi oshdi? © SI asosida yaratilgan

Markaziy bank tomonidan 30 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining haftalik o‘rtacha narxlarini aks ettiruvchi «narxtahlil.uz» platformasi ishga tushirilgan edi. Ushbu ma’lumotlar asosida VAQT.UZ eng muhim 15 ta mahsulot bo‘yicha haftalik narxlar dinamikasini tahlil qilib boradi.

Quyida respublika bo‘yicha 22-aprel sanasidagi narxlar va 15-aprel sanasiga nisbatan o‘zgarishlar keltiriladi.

Eng sezilarli o‘sish go‘sht mahsulotlarida kuzatilib, bozordagi umumiy inflyatsion bosim saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, bodring va pomidor narxlari sezilarli darajada tushgan.

Asosiy mahsulotlar

Go‘sht mahsulotlari orasida o‘sish davom etmoqda. Mol go‘shti narxi 118 921 so‘mga yetgan bo‘lib, 2,5 foizga oshgan. Qo‘y go‘shti esa 129 888 so‘mni tashkil etib, 2,6 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Yog‘ va asosiy iste’mol mahsulotlarida nisbatan sekin, ammo barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Ilgari deyarli o‘zgarmagan paxta yog‘i (20 267 so‘m) va kungaboqar yog‘i (21 482 so‘m) endi 0,2–0,3 foizga oshgan, un narxi ham yuqoriga siljigan. Un (1-nav) va shakar narxlarining mos ravishda 0,6 foiz va 0,7 foizga oshishi esa kundalik iste’mol tovarlarida inflatsiya bosimi davom etayotganini anglatadi.

Shu bilan birga, tuxum (-1,4 foiz) va guruch (-0,2 foiz) narxlaridagi pasayish ayrim tovarlarda taklifning oshganini ko‘rsatadi. Bu esa ichki ishlab chiqarish hajmi yoki import hajmlaridagi o‘zgarishlar bilan izohlanishi mumkin.

Mahsulot

15.04.2026 (so‘m)

22.04.2026 (so‘m)

O‘zgarish

Paxta yog‘i (1 litr)

20 224

20 267

+0,2%

Kungaboqar yog‘i 

(1 litr)

21 415

21 482

+0,3 %

Un (1-nav)

6 175

6 212

+0,1 %

Mol go‘shti (1 kg)

116 004

118 921

+0,6 %

Qo‘y go‘shti (1 kg)

126 581

129 888

+0,6 %

Tuxum 

11 651

11 487

-1,4 %

Guruch (1 kg)

14 411

14 388

-0,2 %

Shakar (1 kg)

13 082

13 180

+0,7 %

Jadval narxtahlil.uz platformasidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi

Sabzavotlar

Sabzavotlar segmentida eng keskin burilish kuzatildi. 8-aprel holatida bodring narxi 19,9 foizga, pomidor esa 8,8 foizga oshgan bo‘lsa, so‘nggi haftada bodring aksincha 21 foizga arzonladi, pomidor ham 0,6 foizga pasayishga o‘tdi.

Pomidor narxi 25 353 so‘mni tashkil etib, 0,6 foizga arzonlagan. Bodring esa 12 214 so‘mga tushdi.

Bu qisqa vaqt ichida bozorga yangi hosil kirib kelganini va taklif keskin oshganini ko‘rsatadi.

Ilgari o‘sish qayd etilgan sabzi, kartoshka kabi mahsulotlarda ham hozir o‘sish sur’atlari sekinlashgan yoki barqarorlashgan. Xususan, kartoshka 6 669 so‘mga , piyoz 2 416 so‘mga, sabzi 3 526 so‘mga yetgan.

Mahsulot

15.04.2026 (so‘m)

22.04.2026
(so‘m)

O‘zgarish

Kartoshka (1 kg)

6 628

6 669

+0,6 %

Piyoz (1 kg)

2 416

2 390

+1,1 %

Sabzi (1 kg)

3 440

3 526

+2,5 %

Pomidor (1 kg)

25 514

25 353

-0,6 %

Bodring (1 kg)

15 469

12 214

-21 %

Jadval narxtahlil.uz platformasidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi

Mevalar

Mevalar segmentida ham turlicha dinamika kuzatildi. Olma (1 kg) 15 717 so‘mga (+1,8 foiz), nok (1 kg) 21 906 so‘m darajasida deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Limon (1 kg) narxi 45 646 so‘mga yetgan va 3,6 foizga oshgan. Uzum (1 kg) esa 26 585 so‘mni tashkil etib, 4,5 foizlik o‘sish bilan eng yuqori dinamikani ko‘rsatgan mahsulotlardan biri bo‘ldi.

Mahsulot

15.04.2026 (so‘m)

22.04.2026 (so‘m)

O‘zgarish

Olma (1 kg)

15 441

15 717

+1,8 %

Nok (1 kg)

21 911

21 906

0 %

Limon (1 kg)

44 078

45 646

+3,6 %

Uzum (1 kg)

26 585

25 434

+4,5 %

Jadval narxtahlil.uz platformasidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi

Umuman olganda, bozorda asosiy mahsulotlar va mevalarda narxlar o‘sishi ustun bo‘lsa, sabzavotlar segmentida ayrim mahsulotlar bo‘yicha pasayish kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika bo‘yicha 8-aprel sanasidagi narxlar va 1-aprel sanasiga nisbatan narx-navodagi o‘zgarishlarni keltirgan edik.

Teglar

Mahliyo Hamidova

Mahliyo HamidovaMaqolalar soni: 111

Barchasi

Mavzuga oid

Haftalik narxlar: qaysi mahsulot arzonladi, qaysi oshdi? | Vaqt.uz