add

Havo ifloslanishi muttasil pasayib bormoqda — «O‘zgidromet»

28.11.2025 | 13:553391 daqiqa

O‘zgidromet e’lon qilib borayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Toshkent shahri atmosfera havosidagi PM2,5 zarrachalari davomiy ravishda kamaymoqda.

Havo ifloslanishi muttasil pasayib bormoqda — «O‘zgidromet»

28-noyabr kuni soat 09:00 holatida Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 99.5 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 1.6 marta oshgan.

Bundan bir necha kun oldin havo ifloslanishi inson salomatligi uchun xavfli darajaga chiqqanligi bois Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga niqob taqishni tavsiya qilib, SMS xabarnomalar yuborgan edi.

O‘zgidromet so‘nggi kunlarda taqdim etayotgan ma’lumotlarda PM2,5-mayda dispersli zarrachalarining doimiy kamayib borishini ko‘rish mumkin. Jumladan, so‘nggi 5 besh kun ichida holat quyidagicha bo‘ldi:

24-noyabr soat 09:00 holatida – PM2,5 me’yordan 3.0-marta oshgan;

25-noyabr soat 09:00 holatida – PM2,5 me’yordan 2.5-marta oshgan;

26-noyabr soat 09:00 holatida – PM2,5 me’yordan 2,4-marta oshgan;

27-noyabr soat 09:00 holatida – PM2,5 me’yordan 2,02-marta oshgan;

28-noyabr soat 09:00 holatida – PM2,5 me’yordan 1.6-marta oshgan.

Avvalroq O‘zgidromet 24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan ob-havodagi ifloslanish shu hafta oxirigacha saqlanib turishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, 25-noyabr kuni prezidentning tegishli farmoni qabul qilinib, unga muvofiq poytaxtdagi ekologik muammolarni tizimli hal etish maqsadida maxsus komissiya tuzildi. Ushbu komissiya jamoatchilik va mutaxassislar takliflarini inobatga olgan holda, ekologik talablarni kuchaytirish, havo ifloslanishini kamaytirish, yashil hududlarni kengaytirish va transport hamda sanoat chiqindilarini cheklash bo‘yicha amaliy vazifalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgandi.

Teglar

Mavzuga oid