add

SSV aholiga niqob taqish tavsiya etilgan SMS xabarnomalar yubormoqda

Bugun 11:401541 Daqiqa

SSV birinchi marta aholiga havo ifloslanishi va mavsumiy viruslar kuchaygani uchun ochiq maydonlarda niqob taqishni tavsiya etgan SMS xabarnomalar yubormoqda.

SSV aholiga niqob taqish tavsiya etilgan SMS xabarnomalar yubormoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi 25-noyabr kuni aholiga ochiq havoda va odamlar gavjum joylarda niqob taqishni tavsiya etuvchi SMS xabarnomalar yubormoqda. Bu — havodagi chang miqdori ko‘tarilishi va mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklar oshgan bir paytda amalga oshirilgan birinchi ogohlantirish hisoblanadi. Ilgari bunday formatdagi SMS-xabarlar yuborilmagan.

Shuningdek, Prezidentning «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi yangi farmoniga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir qator dolzarb vazifalarni amalga oshirishi belgilandi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1-dekabrgacha jahon standartlariga asoslangan milliy havo sifati indeksatsiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim. Ya’ni havo holati «yashil, sariq, qizil va jigarrang» kabi toifalar bo‘yicha baholanadigan yagona indikatorga aylantiriladi.

Yangi indeksatsiya asosida aholining salomatligini himoya qilish uchun amaliy tavsiyalar — niqob taqish, jismoniy faollikni cheklash, xavfli vaqtlarda uyda qolish kabi choralar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, havo sifatining keskin yomonlashishi holatlarida Sanitariya xizmati tomonidan aholini erta ogohlantirish tizimi jori etiladi. Bu tizim xavfli holatni tezkor bildirish va fuqarolarning o‘z vaqtida ehtiyot choralarini ko‘rishini ta’minlashni maqsad qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu farmonga asosan katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

SSV aholiga niqob taqish tavsiya etilgan SMS xabarnomalar yubormoqda | Vaqt.uz