add

Ilon Mask tanqid ostida: Uni «X» algoritmlarini qo‘lda o‘zgartirayotganlikda ayblashdi

Bugun 09:132352 daqiqa

Ethereum asoschisi Vitalik Buterin Ilon Maskni «X» (sobiq «Twitter») tarmog‘ida algoritmlar bilan noqonuniy manipulyatsiya qilish va nafratni kuchaytirishda ayblab, platformadagi erkinlik tushunchasi buzilganini ta’kidladi.

Ilon Mask tanqid ostida: Uni «X» algoritmlarini qo‘lda o‘zgartirayotganlikda ayblashdi

Ethereum hammuallifi Vitalik Buterin «X» (sobiq «Twitter») platformasini boshqarishda Ilon Maskning siyosatini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, tarmoq algoritmlari sun’iy ravishda o‘zgartirilib, nafratni kuchaytiruvchi siyosiy kontentni ilgari surishga xizmat qilmoqda. Buterin ayni paytda «X» «so‘z erkinligi tumori» emas, balki «nafrat sochishga xizmat qiluvchi o‘lim yulduzi»ga aylanganini ta’kidladi.

Buterining bayonoti Yevropa Ittifoqiga qarshi keskin tanqidlar va hujumlar to‘lqinidan keyin paydo bo‘ldi. Uning aytishicha, tarmoqda tarqalayotgan salbiy ritorika konstruktiv bahs emas, balki Yevropa imijini tushirishga qaratilgan kampaniyavozlikka o‘xshaydi. Buterin Yevropa byurokratiyasi va GDPR kabi muammolarni tan olgan holda, platformalarda tarqalayotgan «Yevropani varvarlar bosmoqda» kabi xabarlarni mutlaqo bo‘rttirilgan, real hayotga zid deb atadi.

Vitalik Buterin

Vitalik Buterin

Muammoning mohiyati, Buterining ta’kidlashicha, Mask tomonidan algoritmlarga bevosita aralashuvda. U Mask ayrim mavzularni sun’iy ravishda trendga aylantirayotgani, boshqalarini esa cheklayotganini aytdi. Bu esa millionlab to‘lovchi foydalanuvchilarning axborot maydoni bir odamning qarorlariga bog‘liq bo‘lib qoldi, degani.

Kripto hamjamiyatida katta ta’sirga ega Buterining bu bayonoti markazlashgan platformalarga bo‘lgan ishonchning pasayishini yanada kuchaytirdi. Uning fikricha, bir shaxs tasarrufidagi global ijtimoiy tarmoqlar so‘z erkinligining kafolati bo‘la olmaydi va bu holat texnik elitaning markazsizlashtirilgan ijtimoiy tarmoqlarga — Bluesky kabi platformalarga o‘tishiga tezlashtirishi mumkin.

Avvalroq Yevrokomissiyaning «X» platformasiga 120 mln yevrolik jarimasidan so‘ng Ilon Mask Yevroittifoqni «tugatish» va suverenitetni milliy hukumatlarga qaytarish kerakligini aytib, byurokratiya «Yevropani o‘ldirmoqda», deya tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Ilon Mask tanqid ostida: Uni «X» algoritmlarini qo‘lda o‘zgartirayotganlikda ayblashdi | Vaqt.uz