add

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tarqatib yuborish kerakligini ta’kidladi

Bugun 11:282292 daqiqa

Ilon Mask Yevrokomissiyaning X (sobiq Twitter) platformasiga 120 mln yevrolik jarimasidan so‘ng Yevroittifoqni «tugatish» va suverenitetni milliy hukumatlarga qaytarish kerakligini aytib, byurokratiya «Yevropani o‘ldirmoqda», deya tanqid qildi.

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tarqatib yuborish kerakligini ta’kidladi

SpaceX va Tesla asoschisi, jahonning eng badavlat insoni Ilon Mask Yevropada keskin bayonotlari bilan yana muhokama markaziga aylandi. Yevrokomissiya tomonidan X platformasiga nisbatan 120 mln yevrolik jarima qo‘llanilganidan bir necha soat o‘tib, Mask Yevroittifoqni butunlay «bekor qilish» zarurligini yozib chiqdi. Uning fikricha, suverenitet a’zo davlatlarga qaytarilsa, hukumatlar o‘z xalqlari manfaatini «ancha yaxshiroq» himoya qila oladi.

Mask postida Yevropadagi byurokratik jarayonlarni «sekin, lekin anik o‘limga olib borayotgan tizim» sifatida ta’rifladi. Undan so‘ng tadbirkor sahifasida «AbolishTheEU» — «YIni tugating» heshtegi bilan yana qator tanqidiy postlar paydo bo‘ldi.

Uning bu gapini Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qo‘lladi. Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev ham «aynan shunday qilish kerak», deb yozdi. Polsha tashqi ishlar vaziri radoslav Sikroskiy esa «Marsga uchib bor-da, o‘sha yerda bilgan ishingni qil», deb yozdi.

elon musk eu1

Tanqidga Telegram asoschisi Pavel Durov ham qo‘shildi. U Yevroittifoqni «texnokompaniyalarni sukutda senzuraga majbur qiladigan bajarib bo‘lmaydigan qoidalar» joriy etishda aybladi. Durovning fikricha, Yevroittifoqning hozirgi yondashuvi Yevropa texnologiya sektori raqobatbardoshligiga jiddiy xavf soladi.

Yevrokomissiyaning jazosi Yevropada 2024 yildan kuchga kirgan Digital Services Act — raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun asosida e’lon qilingan birinchi yirik jarima hisoblanadi. Regulyator Xʼni bir nechta qoidalarni buzganlikda ayblamoqda:

  • pulli «ko‘k galochka» orqali foydalanuvchilarni adashtirganlik;

  • mustaqil tadqiqotchilarga zarur ma’lumotlarni taqdim etmaganlik;

  • reklama tizimining shaffof emasligi.

Yevropa mansabdorlari esa pozitsiyasida qat’iy: yangi qonun platformalarni shaffoflikka, xavfli kontentni cheklashga va iste’molchilar huquqini himoya qilishga majbur qiladi. Xususan, YeKda Xʼning «jamoat xavfsizligiga oid» talablarga javob bermayotgani ta’kidlanadi.

Teglar

Mavzuga oid