add

Mobiuz'ni sotib olish uchun final bosqichida 10 ta kompaniya raqobatlashadi

Bugun 14:555801

Sotib olishga qiziqish bildirgan 16 ta kompaniyadan 10 tasi so‘nggi bosqichga o‘tdi.

Mobiuz'ni sotib olish uchun final bosqichida 10 ta kompaniya raqobatlashadi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Universal Mobile Systems (Mobiuz) mobil operatorini sotib olish bo‘yicha 10 ta kompaniyadan majburiy bo‘lmagan takliflarni qabul qilganini ma’lum qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil iyun oyida Mobiuz'ning 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha ochiq savdolar boshlangan edi. Savdo jarayonlariga xalqaro moliyaviy maslahatchi sifatida Rothschild & Co va KPMG jalb qilingan. Ular dastlabki bosqichda AQSH, Yevropa, Yaqin Sharq, Kavkazorti va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 15 ta kompaniyadan qiziqish bildirish (EoI) arizalarini qabul qilgan. Keyinroq yana bir xorijiy investor ham jarayonga qo‘shilgan edi.

Jami 16 nomzoddan 10 tasi belgilangan muddat — 15 oktyabrga qadar o‘z takliflarini yo‘llagan va ular navbatdagi bosqich — majburiy takliflar (BO) tayyorlash jarayoniga o‘tgan.

Takliflar 19 dekabr soat 23:59 gacha «E-auksion» elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Investorlar Mobiuz faoliyati haqidagi moliya va huquqiy ma’lumotlar bilan tanishish uchun virtual ma’lumotlar hujrasiga ki imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati kompaniyani taxminan 300 million dollarga sotish rejalashtirgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Mobiuz'ni sotib olish uchun final bosqichida 10 ta kompaniya raqobatlashadi | Vaqt.uz