add

Noyabr oyida inflatsiya 0,7 foizga o‘sdi

01.12.2025 | 12:252742 daqiqa

Yoqilg‘i narxlari yuqori sur’atda oshishda davom etmoqda. Jumladan, 2025 yil sentabridan ishlab chiqarilishi to‘liq to‘xtatiladigan AI-80 benzini ham 1 foizga o‘sgan.

Noyabr oyida inflatsiya 0,7 foizga o‘sdi

Noyabr oyida mamlakat iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi. Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilishicha, yillik iste’mol narxlari indeksi 107,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,5 foiz band pastladi. Mavsumiy omillar tufayli ayrim asosiy oziq-ovqat turlarida yuqori o‘sish kuzatilib, umumiy inflatsiya bosimiga ta’sir o‘tkazgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari noyabrda o‘rtacha 1 foizga qimmatlagan. Ayniqsa, bodring 96 foiz, pomidor 82,2 foiz, bulg‘or qalampiri 61,2 foiz, baqlajon 51,7 foizga oshgani inflyatsiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uzum, anor, qovun-tarvuz, olma, mandarin, tuxum va qo‘y go‘shti narxlaridagi o‘sish ham umumiy ko‘rsatkichni yuqori saqlab turdi.

Shu bilan birga, ayrim mahsulotlarda narxlar pasayishi inflyatsiyani to‘xtatuvchi omil bo‘ldi. Sabzi 26,1 foizga, sholg‘om 7,1 foizga arzonlashgan. Guruchning turli navlari, shakar, piyoz, banan va parranda go‘shti narxlaridagi pasayish bozordagi umumiy bosimni bir qadar yumshatdi.

Nooziq-ovqat segmentida propan narxi 7,4 foiz, benzin 1,7 foiz, sement 1,4 foiz va kiyim-kechak hamda poyafzal 0,7 foizga ko‘tarilgani qayd etildi. Xizmatlar sohasidagi narxlar esa o‘rtacha 0,3 foizga oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hisob-kitoblar uchun mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar o‘rganilgan. Jami 420 turdagi tovar va 90 turdagi xizmat narxlari monitoring qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil oktabrda inflatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etib, sentabrdagi ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘lgan edi.

Teglar

Mavzuga oid