Logo

Oltin yana qimmatlashmoqda: uni hozir sotib olish to‘g‘rimi?

Bugun 09:005 daqiqa

Dollarning zaiflashuvi, markaziy banklarning rekord darajadagi xaridlari va geosiyosiy xavotirlar qimmatbaho metallga bo‘lgan talabni kuchaytirgan.

Oltin yana qimmatlashmoqda: uni hozir sotib olish to‘g‘rimi? © Foto: Sputnik

Oltin yana qimmatlasha boshladi. Yarim yillik pasayishdan so‘ng, avgust oyida uning dunyo bozoridagi narxi qariyb 15 foizga ko‘tarildi. Aslida, bu tendensiya 31-iyuldan boshlangan edi. Ungacha esa, ya’ni yanvar oxiridan iyul o‘rtalariga qadar qimmatbaho metall 27 foizga arzonlashgandi. Xo‘sh, narxlar nega yana oshmoqda va bu jarayon qanchagacha davom etadi?

Joriy narx o‘sishining cho‘qqisi 25–26-avgust kunlariga to‘g‘ri keldi. Bu vaqtda spot narxi bir troy unsiyasi uchun 4 696–4 697 dollarga yetdi. Bu — oltin qiymatining 1999 yil sentabridan buyon kuzatilgan eng yirik oylik o‘sishidir. Shunga qaramay, 18 foizlik tarixiy rekord baribir yangilanmay qoldi.

Qimmatbaho metall narxining ko‘tarilishi AQSH va Yaponiyaning iyenani qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlagan valuta intervensiyasi sabab bo‘ldi. Bunday tadbir dollarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Amerika valutasining qadrsizlanishiga olib keldi. Natijada oltin sotib olish uchun juda qulay sharoit yuzaga keldi.

Shuningdek, AQSH Moliya vazirligining 19-avgustdagi qarori, ya’ni 9-sentabrdan boshlab uzoq muddatli obligatsiyalarni xarid qilish hajmini ikki barobar oshirish rejasi ham narx o‘sishini tezlashtirib yubordi. Xususan, «SharesPro» moliyaviy platformasi asoschisi Denis Astafevning qayd etishicha, ushbu yangilikdan so‘ng dollar keskin qadrsizlanib, uch oylik minimumga tushib ketgan. Bu esa bevosita oltin narxining ko‘tarilishiga kuchli turtki bergan.

Amerika moliya idorasining bu harakatlari qimmatli qog‘ozlar daromadliligini pasaytirib, ularning jozibadorligini kamaytirmoqda. Oqibatda kapital boshqa moliyaviy aktivlarga, jumladan, qimmatbaho metallar bozoriga oqib o‘tmoqda.

Bularning bari dollarning boshqa jahon valutalariga nisbatan zaiflashishiga va oltin narxining keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Moliyaviy tahlillarga ko‘ra, bu holatni dollarning oltita asosiy jahon valutasi (yevro, yapon iyenasi, funt sterling, kanada dollari, shved kronasi va shveysar franki) ga nisbatan holatini ko‘rsatuvchi DXY indeksida yaqqol ko‘rish mumkin.

Xususan, yanvar oyida mazkur indeks to‘rt yillik minimumga tushganida, oltin 25 foizdan ko‘proqqa qimmatlab, bir unsiyasi rekord darajaga — 5 595 dollarga yetgan. Ikkinchi chorakda esa dollar mustahkamlandi, oltin o‘z qiymatini taxminan 14 foiz yo‘qotib, iyun oyini 4 027 dollar atrofida yakunladi. Iyul va avgust oylarida dollarning qayta zaiflashishi fonida oltin yana o‘sishga o‘tdi. 2026 yil davomida DXY indeksi va oltin narxi o‘rtasida yaqqol teskari proporsional bog‘liqlik kuzatilmoqda.

Markaziy banklardan to tokenlargacha

Markaziy banklar ham oltinning qimmatlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Va bu shunchaki qisqa muddatli holat emas, balki davlatlar o‘z zaxira siyosatini qayta ko‘rib chiqayotgani bilan bog‘liq jiddiy jarayon hisoblanadi.

Таҳлилларga ko‘ra, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar savdo profitsitini rejali ravishda G‘arb moliyaviy aktivlaridan jismoniy oltinga o‘tkazmoqda. Bu — bir necha yil davomida shakllangan uzoq muddatli tendensiya. Hozirgi sharoitda esa bu jarayon yanada tezlashgan. Negaki, yirik iqtisodiyotlar, xususan, AQSH, Germaniya, Fransiya va Yaponiya qarzlari atrofidagi mavhumlik qanchalik ortsa, markaziy banklar ham o‘z zaxiralarini shunchalik faol diversifikatsiya qilmoqda.

Xususan, 2026 yilning ikkinchi choragida markaziy banklar rekord miqdorda — 289 tonna oltin xarid qildi. Bu ko‘rsatkich yanvar-mart oylariga nisbatan qariyb besh barobar, o‘tgan yilning mos davriga taqqoslaganda esa 62 foizga ko‘p. Bu жараёнда Polsha Markaziy banki hamda qatorasiga 21 oydan buyon oltin sotib olayotgan Xitoy Xalq banki yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston ham eng ko‘p oltin sotib olgan markaziy banklar uchligiga kirgan. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Markaziy banki qariyb 40 tonna oltin sotib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oxirida O‘zbekistonning oltin zaxiralari qariyb 431 tonnani tashkil etgan. Mamlakat xalqaro zaxiralarining taxminan 87 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Jahon regulyatorlaridan tashqari, yirik moliya tashkilotlari va xususiy investorlar ham oltinga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Bunga qo‘shimcha ravishda, sarmoya kiritishning yangi usullari yaratilayotgani ham qimmatbaho metallga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiryapti. Кузатувлариga ko‘ra, Gonkongdagi «HSBC» banki chakana mijozlarga bevosita bank omboridagi jismoniy quymalar bilan ta’minlangan tokenlarni taklif qila boshlagan. Singapurda esa «OCBC», «Lion Global Investors» va «DigiFT» kompaniyalari professional investorlar uchun jismoniy oltin bilan kafolatlangan fondga kirish imkonini beruvchi «GOLDX» tokenini ishga tushirgan. Shuningdek, «DBS» banki 2026 yilning ikkinchi yarmida chakana mijozlar uchun har biri alohida bank omboridagi bir gramm oltin bilan ta’minlanadigan tokenlarni xarid qilish imkoniyatini yaratishni rejalashtirmoqda.

Yaqin Sharqda cho‘zilib ketayotgan mojarolar ham oltin narxining ko‘tarilishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Avgust oyining oxirlarida vaziyat yanada keskinlashdi va eskalatsiyaning navbatdagi bosqichi kuzatildi. Oqibatda investorlar zudlik bilan himoya aktivlaridagi ulushlarini oshirishga kirishdi va bu vaziyatda oltin asosiy foyda keltiruvchi vositaga aylandi.

Oltin келгусида ham qimmatlashishda davom etadimi?

Tarix shuni ko‘rsatadiki, geosiyosiy nizolar, inflatsiya xavfi yoki qarz bozoriga nisbatan ishonchsizlik tufayli noaniqlik kuchaygan paytlarda jismoniy metallga bo‘lgan talab ortadi. Oltin narxi ayrim alohida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga emas, balki bozorlardagi umumiy xavotir darajasiga qarab o‘zgaradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozir aynan shunday vaziyat kuzatilmoqda. Shu sababli oltinni sarmoyadorlar uchun «tinch bandargoh» deb atash mumkin. Ammo bu o‘rinda bir jihatni inobatga olish lozim: ushbu aktiv bozordagi har qanday pasayishdan emas, balki eng avvalo inflatsiya va valuta xatarlari, siyosiy beqarorlik hamda davlat qarziga bo‘lgan ishonchsizlikdan himoya qiladi.

Kelajakdagi istiqbollarga nazar tashlansa, oltin uchun uzoq muddatli sharoit hamon qulayligicha qolmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, yaqin bir necha oy davomida jahon markaziy banklari o‘z zaxiralarini diversifikatsiya qilishni davom ettiradi. Bundan tashqari, uglevodorodlar logistikasidagi uzilishlar, rivojlangan mamlakatlarning qarz bozorlari barqarorligi yuzasidan xavotirlar hamda Yaqin Sharqdagi cho‘zilayotgan mojarolar saqlanib qoladi.

Shu bilan birga, iqtisodchilar investorlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Qayd этилишича, bir oy ichida kuzatilgan 15 foizlik keskin o‘sish narxlarning qayta pasayishi (korreksiya) xavfini oshiradi — ayniqsa, sarmoyalarning bir qismi chayqovchilik maqsadida kiritilgan bo‘lsa. Bundan tashqari, oltin narxi hali ham yil boshida qayd etilgan tarixiy rekord ko‘rsatkichdan qariyb 15 foizga past va bu darajaga qaytish bir tekis kechmasligi mumkin.

Shu sababli eng oqilona yechim — oltinni turli xil aktivlardan iborat diversifikatsiya qilingan portfelning bir qismi sifatida saqlash hisoblanadi. Bunda valuta va geosiyosiy maydondagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borish talab etiladi.

Ma’lumot uchun, «JPMorgan» moliyaviy xoldingi 2026 yil oxiriga borib oltin narxi bir troy unsiyasi uchun 6 000 dollargacha ko‘tarilishini prognoz qilgan.

Teglar

Mavzuga oid