Logo

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi

Bugun 22:091 daqiqa

Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi © Videodan kadr

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi.

Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov yangi Bosh konsulxona Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida O‘zbekistonning birinchi konsullik muassasasi ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konsulxonaning ochilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi | Vaqt.uz