
O‘zbekistonda erkak shifokorlar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
2025 yil boshida mamlakatda shifokorlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p shifokorlar Toshkent shahrida qayd etilgan.

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonda barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 107,5 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 1,8 ming nafarga yoki 1,7 foizga ko‘proqdir.
Bunda erkak shifokorlar 57,4 ming nafar yoki 53,4 foizni tashkil etgan. Ayol shifokorlar esa 50,1 ming nafar bo‘lib, umumiy soha xodimlarining 46,6 foizini tashkil qiladi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p shifokor Toshkent shahrida qayd etilgan — 23,9 ming nafar. Samarqand viloyati 11,5 ming nafar shifokor bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Undan keyin Farg‘ona viloyati 9,9 ming shifokor bilan qayd etilgan. Andjonda 8,1 ming, Toshkentda 7,4 ming, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 6,7 ming nafardan shifokor faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Namangan va Xorazm viloyatlarida shifokorlar soni 6,2 ming nafardan, Navoiy viloyatida 3,3 ming nafar, Jizzaxda 2,8 ming nafar, Surxondaryoda 4,8 ming nafar va Sirdaryo viloyatida 2 ming nafar shifokor ro‘yxatga olingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 5,5 ming nafar shifokor ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash sohasidagi eng zo‘r rahbarlarga 30 mln so‘mdan pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.





