add

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo saqlanib turadi

Bugun 12:551891

Haftaning ish kunlarida mamlakat bo‘ylab iliq ob-havo saqlanib, harorat kunduzi +19...+22 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda haftaning ish kunlarida havo harorati iliq darajada saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Bugun va ertaga havo harorati kunduzi +19...+22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning o‘rtalariga kelib harorat sezilarli bo‘lmagan darajada pasayadi, va respublika hududining asosiy qismida +15...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 19-20-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin

Mayin shamol sharqdan biroz esib turadi.

Poytaxt Toshkentda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 17-18-noyabrda kunduzi +19...+21 darajagacha ko‘tariladi. 19-21-noyabrda esa kunduzi harorat +16...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi esa harorat asosan +6...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabr kuni O‘zgidromet poytaxtda mayda zarrachalar miqdori me’yordan keskin oshganini bildirib, bu holat bir necha kun davom etishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo saqlanib turadi | Vaqt.uz