add

O‘zbekistonda qish fasli qanday ob-havo bilan boshlanadi?

30.11.2025 | 18:4129062 daqiqa

O‘zgidromet 1-dekabr kuni mamlakatda kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda qish fasli qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Ertaga, 1-dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi haqida O‘zgidromet prognozi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1...+1 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0... 5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2...+3 daraja, ba’zi joylarda –2 darajagacha, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0... 5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2025–2026 yillar qish fasli uchun mavsumiy ob-havo prognozi e’lon qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid