add

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash xizmatlariga 14,6 trln so‘m sarfladi

20.11.2025 | 14:552241 Daqiqa

Hududlar bo‘yicha sog‘liqni saqlash xizmatlariga eng ko‘p mablag‘lar Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlarida sarflangani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash xizmatlariga 14,6 trln so‘m sarfladi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar bozori hajmi 14,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 foizga oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatlardan foydalanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxt aholisi hisobidan 6,7 trln so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi. Bu umumiy bozorning deyarli yarmiga yaqin qismidir.

Ikkinchi o‘rinda 1,4 trln so‘m bilan Toshkent viloyati joy oldi. Uning ortidan 1,1 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan Samarqand viloyati kelmoqda. Farg‘ona viloyatida xizmatlar hajmi 961,8 mlrd so‘mni, Namanganda 664,1 mlrd so‘mni, Andijonda esa 652,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida tibbiy xizmatlar 569,2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Qashqadaryoda 545,4 mlrd so‘mlik, Xorazmda 495,4 mlrd so‘mlik xizmatlar amalga oshirilgan. Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 373,8 mlrd so‘m bo‘lsa, Jizzaxda 358 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyati (259,2 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (253 mlrd so‘m) va Navoiy viloyatiga (238,4 mlrd so‘m) to‘g‘ri keldi.

Avvalroq O‘zbekistonda barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 107,5 ming nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid