
O‘zgidromet hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi
Noyabr oyining so‘nggi ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deb ma’lumot bermoqda O‘zgidromet.
Harorat kunduzi +13...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushish ehtimollari ham mavjud. Haftaning ikkinchi yarmida kelib harorat shimoliy va cho‘l hududlarda +2...+3 darajaga pasayadi.Sharqdan mayin shamol esib turadi.
Kechasi va ertalablari respublika hududining asosiy qismida 0...+5 daraja iliq, shimolda -1...-3 daraja gacha sovuq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +3...+5 daraja iliq, kunduzi +15...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 2025–2026-yillar qish mavsumi uchun mavsumiy ob-havo prognozini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, qish umumiy hisobda nisbatan iliq kechishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori esa ayrim oylarda me’yor atrofida, boshqalarida esa me’yordan kam bo‘lishi bashorat qilingan.





