add

Bu yil qish qishligini qiladimi? O‘zgidromet prognozlarni e’lon qildi

Kecha 19:3530901 Daqiqa

Mintaqaga anomal sovuq kirib kelishi kutilmoqda.

Bu yil qish qishligini qiladimi? O‘zgidromet prognozlarni e’lon qildi

O‘zbekiston Gidrometerologiya xizmati 2025–2026 yillar qish mavsumi uchun mavsumiy ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, qish umumiy hisobda nisbatan iliq kechishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori esa ayrim oylarda me’yor atrofida, boshqalarida esa me’yordan kam bo‘lishi bashorat qilingan.

Dekabr oyi odatdagidan biroz iliqroq kechishi prognoz qilinmoqda. O‘rtacha oylik harorat me’yordan taxminan 1–1,5 daraja yuqori bo‘ladi. Yog‘ingarchilik esa oy davomida me’yorga yaqin yoki undan past bo‘lishi kutiladi.

Yanvar oyi umumiy hisobda me’yorga yaqin, ayrim hududlarda esa biroz sovuqroq bo‘lishi kutilyapti. Oyning so‘ngi o‘n kunligi va fevral boshlarida mintaqaga anomal sovuq kirib kelishi mumkinligi aytilmoqda.

Nukus va Urganchda tungi xarorat -25 darajagacha, boshqa hududlarda -17 darajagacha pasayishi mumkin.

Fevral oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli ilib, kechasi -2…-7 darajadan +3…+8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajadan +10…+15 darajagacha bo‘ladi. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat +15…+20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yor doirasida bo‘ladi.

O‘zgidrometning ta’kidlashicha, prognoz yakuniy harakterga ega emas, ob-havo sharoitlariga muvofiq o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid