Logo

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past?

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past? © Foto: infinbank

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 2-noyabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 27,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,8 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 27,9 va 21,6 foizni tashkil etgandi.

Mikroqarz stavkalari

Mikroqarzlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Mikrokreditbank»da qayd etilgan — 22 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Asaka bank» — 22,8 foiz, «SQB» — 23,8 foiz, «Infinbank» — 24 foiz va «Trastbank» hamda «Asia Alliance bank» — 24,4 foiz bilan joylashgan.

«Milliy bank»da mikroqarz stavkasi 24,7 foiz, «Xalq banki» va «Aloqabank»da 25,1 foiz, «Universal bank»da 25,2 foiz, «Agrobank»da 25,6 foizni tashkil etmoqda. «Ziraat bank»da bu ko‘rsatkich 26,4 foiz, «Poytaxt bank» va «Kapital bank»da 27 foiz, «OFB»da 27,4 foizga teng.

Yuqoriroq stavkalar «BRB»da 29,3 foiz, «Garant bank»da 29,8 foiz, «Hamkorbank»da 30,3 foiz va «Apex bank»da 31,5 foiz bilan qayd etilgan. «Ipoteka bank»da stavka 32,5 foiz, «Anor bank»da 34,2 foiz, «Davr bank»da 34,5 foiz, «Tenge bank»da 34,9 foiz va «Ipak yuli bank»da 35,5 foizni tashkil etmoqda. «Uzum bank»da bu ko‘rsatkich 38 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «TBC bank»da 40,4 foizga yetgan.


1

markaziy bank

Avtokredit stavkalari

Avtokreditlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Ipoteka bank»da — 18 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Aloqabank» — 18,2 foiz, «BRB» va «Asaka bank» — 18,3 foiz hamda «Apex bank» — 18,6 foiz bilan joylashgan.

«SQB» va «Milliy bank»da avtokredit stavkasi 21,2 foiz, «Asia Alliance bank»da 21,3 foiz, «Mikrokreditbank»da 21,5 foiz va «TBC bank»da 22,1 foizni tashkil etmoqda.

«Ipak yuli bank»da stavka 22,2 foiz, «Turon bank»da 22,3 foiz, «Poytaxt bank»da 22,5 foiz va «OFB»da 23,1 foizga teng.

Boshqa banklarda avtokredit stavkalari quyidagicha: «Trastbank» — 23,2 foiz, «Garant bank» — 23,3 foiz, «Davr bank» — 25,6 foiz, «Hamkorbank» — 25,9 foiz va «Anor bank» — 29,2 foiz.


2

markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi bank kreditlarining 45 foizi va depozitlarining 76 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past? | Vaqt.uz