Toshkentda bekatlardagi do‘konlar nega buzilmoqda? Dizayn kod, tadbirkorlar zarari va rasmiy izohlar
Toshkentda dizayn- kod sabab peshlavhalar ommaviy olib tashlanmoqda. Tadbirkorlar norozi, hokimlik kompensatsiya uchun tumanlarga murojaat qilish mumkinligini bildirdi.
Nima sababdan bekatlardagi do‘konlar buzibtashlandi? Peshlavhasi ogohlantirishsiz olibtashlangan savdo nuqtalari egalarining zararinikim qoplaydi? Yangi dizayn kodiga ega Toshkentko‘chalari qanday bo‘ladi?
3-aprel kuni Toshkent shahar hokimligidapoytaxtda zamonaviy, tartibli va estetikjihatdan yaxlit shahar muhiti dizayn kodinijoriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuotanjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda yuqoridagisavollarga javob berildi.
Tadbirda Rustam Qodirov — strategikrivojlanish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari, Abdurahmon Baxtiyev — Toshkent shaharhokimining transport va yo‘l infratuzilmasimasalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda YodgorIkramov — Toshkent shahar bosh arxitektoriqatnashdi.
Yangi dizayn kodiga ega Toshkent ko‘chalari qanday bo‘ladi?
Ta’kidlanishicha, dizayn-kod piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga ham xizmat qiladi. Trotuarlar, yoritish tizimlari, ko‘cha jihozlari, yashil hududlar va navigatsiya elementlarining aniqstandartlar asosida tartibga solinishi shaharmuhitini nafaqat ko‘rkam, balki funksionalbo‘lishini ham ta’minlaydi.
Shuningdek, tashqi bezak va reklama elementlari bo‘yicha yagona standartlarni belgilash, xalqaro tajribani Toshkent sharoitiga moslashtirish hamda shaharning o‘ziga xos me’moriy va madaniy qiyofasini saqlab qolishga xizmat qilishi aytildi.
Nima sababdan bekatlardagi do‘konlar buzib tashlanmoqda?
«Do‘kon ochdik — qarasak, foydasi bor: ish o‘rinlari yaratiladi, savdo yuritiladi. Biroq bu yerda yana bir jihatni inobatga olish kerak. Do‘konga faqat piyodalar emas, balki avtomobilda keluvchilar ham tashrif buyuradi. Ular yo‘l chetida to‘xtab, tezkor xarid qiladi. Bu esa bekatdagi jamoat transporti harakatiga xalaqit berib, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘diradi.
Shu bois, avtobus bekatlari alohida, savdo nuqtalari esa biroz narida joylashtirilishi maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelinmoqda»,– deydi Rustam Qodirov.
Tadbirkor zararini kim qoplaydi?
Toshkent ko‘chalarida yagona dizayn kodi joriy etilayotgani ijobiy baholanmoqda. Chunki shaharsozlar fikricha, bu orqali ko‘chalar ortiqcha vizual “chiqindilar”dan tozalanadi.
Biroq so‘nggi bir necha oydan buyon tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo ham yo‘q emas. Nega peshlavhalarni olib tashlash masalasida tadbirkorlarga oldindan tushuntirish berilmagan?
Xususan, VAQT.UZ bilan gaplashgan do‘kon egasi my.gov.uz portali orqali ruxsat olganiga qaramasdan, peshlavhasini buzib ketishganini aytdi.
VAQT.UZ muxbiri mutasaddilardan yuqoridagi kabi holatlarda tadbirkorlar ko‘rgan zararni kim qoplashini so‘radi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Gulnoza Qosimova tadbirkorlar kompensatsiya uchun tuman hokimliklariga murojaat qilishi mumkinligini aytdi.
«Ya’ni biz xatoliklarni inkor qilmaymiz. Agar shu jarayonda jabr ko‘rgan tadbirkorlar bo‘lsa, tuman hokimligiga kompensatsiya uchun murojaat qilishlari mumkin», – dedi u.
Strategik rivojlanish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Qodirov tadbirkorlarga rasmiy xat yuborilib, oldindan ogohlantirilmaganini 1-apreldan tamaki mahsulotlarni naqd pul evaziga sotib olish mumkin emasligi tartibi joriy etilgani va bu har bir chekuvchining uyiga xat jo‘natilib, ogohlantirilmagani bilan izohladi.
«Mana, misol. 1 apreldan qonunchilikda juda ko‘p o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, tamaki mahsulotlarini naqd pulga olib bo‘lmaydi. Lekin, hammamizning uyimizga, hech bo‘lmaganda sigaret chekadiganlarning uyiga xat kelgan yo‘q-ku.
Men aytmoqchi bo‘lganim, 110 mingta tadbirkor bor-da. O‘zi, men to‘g‘ri tushunsam, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindimi, u tadbirkor ozgina bo‘lsa ham qiziqishi kerak-ku. Mana, e’lon qildi-ku, «dizayn-kod kiritilyapti, og‘aynilar», deb. Qonunni bilmaslik mas’uliyatdan ozod qilmaydi deyishadiku», - dedi Strategik rivojlanish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Qodirov.
Teglar






