Rossiya o‘zbekistonlik mahkumlarni xalqaro konvensiya sabab vataniga qaytarmaydi

Bugun 09:551 daqiqa

Rossiya qamoqxonalaridagi o‘zbekistonliklarni qaytarish xalqaro konvensiya ratifikatsiyasi kechikayotgani sababli amalga oshmayapti.

Rossiya o‘zbekistonlik mahkumlarni xalqaro konvensiya sabab vataniga qaytarmaydi

Xalqaro huquqiy to‘siqlar sabab Rossiya hududida jazo muddatini o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini o‘z yurtiga qaytarish masalasi orqaga surilmoqda. Bu haqda Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mahkumlarni O‘zbekistonga topshirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq amalda bu jarayon amalga oshirilmayapti, chunki O‘zbekiston tomoni tegishli xalqaro konvensiyani hali ratifikatsiya qilmagan.

Konvensiya ratifikatsiyasi kechikmoqda

Gap 1998 yilda qabul qilingan mahkumlarni jazoning qolgan qismini o‘tash uchun o‘z yurtiga ko‘chirish to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma haqida ketmoqda. Mazkur hujjatga qo‘shilish mahkumlarning jazoni o‘z fuqaroligi bo‘lgan mamlakatda o‘tash imkonini beradi.

Moskalkovaning ta’kidlashicha, aynan shu konvensiya ratifikatsiya qilinmagani sababli O‘zbekiston hozircha Rossiyadan mahkum fuqarolarini qabul qila olmaydi.

Boshqa davlatlar tajribasi

Hozirgi kunda mazkur xalqaro shartnoma Rossiyadan tashqari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armanistonda amal qiladi. Bu davlatlar fuqarolariga jazoni o‘z yurtida o‘tash imkoni berilgan.

Teglar

Mavzuga oid