Naqd to‘lov qulayroqmi yoki naqdsiz?
Aprelning 1-sanasidan muhim bir o‘zgarish boshlanadi. Ayrim mahsulotlar va xizmatlarni sotish yoki sotib olishda naqdsiz to‘lov usuliga o‘tiladi.
Xo‘sh, bu aholi uchun qanchalik qulay? Odamlarning bu boradagi fikrini bilish maqsadida, ularga mikrofon tutamiz.
Ma’lumot uchun, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 10-dekabrda qabul qilgan farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab bir qator yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yangi tartibga muvofiq, quyidagilarni naqd pulga sotish yoki xarid qilish taqiqlanadi:
• davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
• elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
• alkogol va tamaki mahsulotlari;
• avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlari hamda elektr transport vositalarini quvvatlantirish xizmatlari;
• qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha turdagi tovar va xizmatlar;
• ko‘chmas mulk obektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdisi.
Teglar






