Harri Potter serialining yangi aktyorlari va ularning maoshi

Bugun 18:392 daqiqa

11 yoshli aktyorlar millionerga aylanishi mumkin! Yangi Harri Potter seriali haqida barcha faktlar.

Harri Potter serialining yangi aktyorlari va ularning maoshi

«HBO»ning yangi teleserialida Harri Potter, Hermiona Greynjer va Ron Uizli rollarini ijro etayotgan aktyor bolalar birinchi mavsum uchun 500 ming funt sterling (660 ming dollar) oladi. Bu haqda «The Sun» xabar berdi.

Yangi aktyorlar

Dominik Maklaflin, Arabella Stenton va Alister Staut o‘tgan yili yangi Harri, Hermiona va Ron sifatida e’lon qilingan edi, 2026-yil mart oyida esa ularni kutilayotgan serial treylerida ilk bor ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Deniel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint kabi, bu aktyor bolalar ham deyarli noma’lum holatdan chiqib, so‘nggi 30 yilda dunyodagi eng sevimli hikoyalardan biri – Harri Potter olamiga qo‘shildi.

Bir televizion insayderning aytishicha, uchlikka «Harri Potter va falsafa toshi» deb nomlangan birinchi mavsum uchun har biriga 500 ming funt sterlingdan to‘lanadi. U shunday degan:

«Agar ular shu tarzda davom etsa, 18 yoshga yetmasdanoq multimillionerga aylanadi», – degan u «The Sun» nashriga.

Har bir epizodga 60 ming funt sterling

Bolalar «Warner Bros.» tomonidan ishlab chiqarilayotgan yetti mavsumli loyiha uchun kastingda qatnashgan 32 mingdan ortiq bolani ortda qoldirdi. Yosh yulduzlar o‘tgan hafta ikki daqiqalik treylerda ilk bor namoyon bo‘ldi, bu Harri Potter kinofranshizasi global hodisaga aylanganidan 25 yil o‘tgach sodir bo‘ldi.

Ularga birinchi mavsum (8 qismdan iborat) uchun har bir epizodga 60 ming funt sterlingdan ortiq haq to‘lanmoqda.

Nashr manbasining qo‘shimcha qilishicha, bu yosh bolalar uchun juda katta pul, ayniqsa bir zumda berilsa. Lekin ular dunyodagi eng mashhur bolalardan uch nafariga aylanish arafasida.

Joan Roulingning barcha yetti fantastik kitobi o‘n yil davomida yana qayta ekranizatsiya qilinadi, muallif esa ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etadi.

Birinchi mavsum – «Harri Potter va falsafa toshi» – «HBO Max» platformasida Rojdestvo kuni namoyish etiladi.

Qisqa tizer atrofida fikrlar turlicha bo‘ldi: ba’zilar uni avvalgi filmga «juda o‘xshash» deb baholadi.

Biroq treylerda Harri ilk bor «magllar», ya’ni sehr qobiliyati yo‘q insonlar maktabida ko‘rinadi, so‘ngra u mashhur Hogvartsga yo‘l oladi.

Shotlandiyalik aktyor Dominik Maklaflin kastga 11 yoshida qo‘shildi, bu Deniel Redkliff birinchi filmdagi yoshi bilan bir xil.

Aktyor bolalarning maoshi qonun bilan himoya qilinmaydi

Bu holat tezda millionerga aylanishdek tuyulishi mumkin, ammo ayniqsa aktyor bolalar uchun vaziyat biroz boshqacha. AQSHda esa qonunga ko‘ra, aktyorning daromadining bir qismi majburiy himoya qilinadi.

Bu Kugan qonuni orqali ta’minlanadi. Unga ko‘ra, ko‘ngilochar industriyadagi voyaga yetmagan shaxsning maoshining 15 foizi maxsus bloklangan trast hisob raqamiga – «Kugan hisobi»ga o‘tkazilishi shart. Bu esa mablag‘lar 18 yoshga to‘lguncha saqlanishini kafolatlaydi.

Ushbu qonun 1939-yilda Kaliforniya shtatida qabul qilingan bo‘lib, yulduz bola :yeki Kuganning da’vosidan so‘ng joriy etilgan. Uning onasi va o‘gay otasi uning 4 million dollarlik boyligini (bugungi kunda taxminan 70–80 million dollarga teng) sarflab yuborgan edi.

Teglar

Mavzuga oid