Toshkentda bank eksperti pora bilan ushlandi

Bugun 12:131 daqiqa

Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti pora bilan ushlandi © Foto: t.me/xavfsizlik_uz

Toshkent shahrida nufuzli bank eksperti pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti o‘zining tanishlari orqali Samarqand viloyatida joylashgan banklarning biridan mazkur MCHJga 1 mlrd 250 mln so‘m miqdorida kredit olib berishni va’da qilgan.

Ushbu xizmat evaziga u tadbirkordan 10 ming dollar miqdorda pul talab qilgan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi MCHJda aniqlangan 72 mlrd 956 mln so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bekor qildirishni va’da qilgan mamlakatdagi yetakchi tijorat banklaridan birining amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid