Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlik huquqi berilishi mumkin

Bugun 20:301 daqiqa

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.

Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlik huquqi berilishi mumkin © Фото: Kun.uz

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun harbiy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatlari kengaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda 31-mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Senatorlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagida bo‘lgan talaba qizlar soni ortib bormoqda. Biroq amaldagi qonunchilik bunga to‘liq imkon bermaydi.

Jumladan, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan faqat erkak talabalari harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari belgilangan.

Harbiy ta’lim fakultetlariga o‘qishga qabul qilinadigan talabalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mexanizmlari ham aniq belgilanmagan, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida hududiylik prinsiplariga aniqlik kiritilmagan.

Senatorlar bu kabi muammolarni hal etish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarini chuqur tahlillar asosida o‘rganib, takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda harbiy ta’lim fakultetlariga qabul qilinadigan talabalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mexanizmini aniqlashtirish, zamonaviy tayyorgarlik: Rezervdagi ofitserlarni tayyorlash dasturlariga dronlar (UUA) va robotlashtirilgan tizimlarni boshqarishni joriy etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Teglar

Mavzuga oid