Trampning «chiroyli xotimasi» xavf ostida

Kecha 22:203 daqiqa

AQSH Eron mojarosini yakunlashga urinmoqda, ammo Tehronning tahdidlari vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.

Trampning «chiroyli xotimasi» xavf ostida

Donald Tramp ma’muriyati allaqachon «AQSHning 125-urushi» deb nom olgan bu mojaroni zafarona yakunlashga zamin tayyorlayotgan bir paytda, Tehrondan kelayotgan bayonotlar tobora tahdidli tus olmoqda. Eronning harbiy qudratiga berilgan qaqshatqich zarbalarga qaramay, mamlakatнинг omon qolgan yetakchilari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini siyosiy jon saqlash quroliga aylantirib, strategik boshboshdoqlikni avj oldirishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Bo‘g‘ozning yangi qoidalari

«Xotam al-Anbiyo» qarorgohi (Islom inqilobi muhofizlari korpusi va Eron armiyasi harakatlarini muvofiqlashtiruvchi organ) orqali berilgan rasmiy bayonotlarda Tehron amalda Fors ko‘rfazida xalqaro huquq normalari o‘z kuchini yo‘qotganini e’lon qildi.

«Vaziyat endi hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi», — deya keskin gapirdi qarorgoh matbuot kotibi va Eron kema qatnovlari qoidalarini bir tomonlama o‘zgartirganini ta’kidladi.

Vashington uchun bu ochiqdan-ochiq chaqiriqdir. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlash — Tramp jamoasi uchun «birinchi galdagi vazifa». Bu muammoni hal qilmasdan turib, g‘alaba haqidagi har qanday bayonot shunchaki quruq gap bo‘lib qolaveradi. Biroq Tehron o‘z pozitsiyasida qat’iy: «Sizning bu yerdan suzib o‘tishga haqqingiz yo‘q. Qarorni biz qabul qilamiz».

1

«Ikki karra xarajat» strategiyasi

«Tasnim» agentligi Eron harbiy manbalariga tayanib ogohlantirishicha, AQSH yoki Isroilning Eron orollarida harbiy amaliyot o‘tkazishga bo‘lgan har qanday urinishi «kutilmagan frontlar» ochilishiga sabab bo‘ladi. Bob al-Mandab bo‘g‘ozining tilga olinishi bejiz emas.

Bob al-Mandab bo‘g‘oziga qilingan sha’ma shuni anglatadiki, Tehron Fors ko‘rfazida siquvga olingan taqdirda, Qizil dengizdagi xalqaro savdo harakatini falaj qilish uchun husiylar tajribasidan foydalanishi mumkin.

«Eron urushni o‘zi qaror qilgan vaqtdagina tugatadi», — dedi xavfsizlik tizimidagi yuqori martabali manba «Press TV» telekanaliga bergan intervyusida. Shuningdek, u AQSH tomonidan ilgari surilayotgan takliflarni «haqiqatdan yiroq» deb baholadi.

Siyosiy boshi berk ko‘chadagi harbiy zafar

Harbiy nuqtai nazardan olganda, Oq uy g‘alaba haqida jar solishga haqlidek. Harbiy kampaniyaning yutuqlari ro‘yxati ancha salmoqli: Eron dengiz flotining tor-mor etilishidan tortib, harbiy-havo kuchlarining yo‘q qilinishigacha. Eronning qurolli kuchlari yaxlit tuzilma sifatida deyarli yo‘q qilindi.

Qolaversa, Islom inqilobi muhofizlari korpusi va «Basij» infratuzilmasi jiddiy talafot ko‘rdi. Buning ustiga, Isroilning suiqasdlari oqibatida Islom respublikasining oliy rahbariyati majburan «yangilandi», raketa ishlab chiqarish dasturi esa bir necha yil ortga surildi.

2

Shunga qaramay, yuqorida sanab o‘tilgan muvaffaqiyatlar ortida o‘ta nozik va jiddiy bo‘shliqlar ko‘zga tashlanmoqda. Yadroviy tahdidni butunlay bartaraf etishdek asosiy maqsadga hamon erishilgani yo‘q. Boyitilgan uran zaxiralari hamon Tehron ixtiyorida qolmoqda, mamlakatning raketa salohiyati esa jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, to‘liq yo‘q qilinmagan.

G‘arb strateglari uchun eng muammoli masala — kutilgan keng ko‘lamli xalq qo‘zg‘olonining yuz bermagani bo‘ldi.

Endi nima bo‘ladi?

Tramp ma’muriyati murakkab tanlov oldida qoldi. Bir tomondan, Vashington urush tugaganini e’lon qilishni hamda Eronning harbiy arsenalini tiklashda Rossiya va Xitoy ishtirokiga yo‘l qo‘ymaslikni xohlaydi.

Ikkinchi tomondan esa, taslim bo‘lishni istamayotgan va dengizda uzoq muddatli qarshilik ko‘rsatishga taraddud ko‘rayotgan amaldagi rahbariyat turibdi.

Mintaqaning yetakchi tahlilchilari ta’kidlashicha, Trampning «zafarona bayonotlari» shafqatsiz voqelikka urilib chilparchin bo‘lishi mumkin: mamlakat hokimiyati qulamadi, proksi-kuchlar o‘z sadoqatini saqlab qoldi.

Teglar

Mavzuga oid