Budjetdagi tafovut: qaysi hudud ko‘proq mablag‘ olmoqda?

Bugun 19:292 daqiqa

2025-yilda mahalliy budjetda xarajatlar daromadlarga nisbatan tezroq o‘sdi, ayrim viloyatlarda esa xarajatlarning yarmidan ko‘pi markaz hisobidan qoplanmoqda.

Budjetdagi tafovut: qaysi hudud ko‘proq mablag‘ olmoqda?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil uchun hududlar kesimida mahalliy budjet ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlari 2024 yildagi 57 trln so‘mdan 2025 yilda 71 trln so‘mga yetgan. Bu qariyb 25 foizlik o‘sishni anglatadi.

Xarajatlar esa yanada tezroq o‘sgan. 2024 yilda 86,8 trln so‘m bo‘lgan mahalliy budjet xarajatlari 2025 yilda 109,2 trln so‘mgacha oshgan, bu esa qariyb 26 foizlik o‘sishdir.

O‘zaro hisob-kitob va transfertlar ham sezilarli ko‘paygan. Ushbu ko‘rsatkich 29,8 trln so‘mdan 37,9 trln so‘mga yetgan bo‘lib, mahalliy budjetlar xarajatlarining qariyb 35 foizini tashkil etmoqda. Bu holat hududlar o‘rtasida moliyaviy nomutanosiblik saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

r

Markazga bog‘liqlik: qaysi hududlar yetakchi?

Hududlar kesimida eng yuqori transfert ulushi Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Bu yerda mahalliy budjet xarajatlarining 56 foizdan ortig‘i markaz mablag‘lari hisobiga qoplangan. Mutlaq raqamlarda bu qariyb 2,5 trln so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, mazkur hududda yirik iqtisodiy yoki infratuzilmaviy loyihalar faol namoyon bo‘layotgani kuzatilmayapti. Faqat 2024 yilda Sayxunobod tajribasi tilga olingan edi.

Kim eng ko‘p mablag‘ oldi?

Transfertlar hajmi bo‘yicha mutlaq ko‘rsatkichda Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda. Ushbu hudud 4,4 trln so‘m miqdorida markaziy mablag‘larni jalb etgan.

Ayni paytda iqtisodiy jihatdan kuchli hududlarda teskari tendensiya kuzatildi. Xususan, Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Navoiy viloyatida transfert va hisob-kitoblar hajmi 2024 yilga nisbatan kamaygan. Bu ularning o‘z daromad bazasi mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

Pul qayerga sarflanyapti?

Mahalliy budjet xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga to‘g‘ri kelmoqda. 2025 yilda ushbu yo‘nalishga 61,5 trln so‘m ajratilgan bo‘lib, 18,4 foiz o‘sish qayd etilgan.

Infratuzilmani rivojlantirish xarajatlari esa 10,2 trln so‘mdan 16,5 trln so‘mgacha oshib, eng yuqori — 62,3 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan.

Iqtisodiyot xarajatlari 13,2 trln so‘mga yetgan, davlat boshqaruvi va sud organlari uchun 10,9 trln so‘m ajratilgan. Zaxira jamg‘armalari 0,9 trln so‘mgacha qisqargan, boshqa xarajatlar esa 6,2 trln so‘mgacha oshgan.

Teglar

Mavzuga oid