Trampning bayonoti neft narxlarini pasaytirdi

Bugun 17:521 daqiqa

Birjalarda «Brent» va WTI narxlari qariyb 10 foizgacha tushdi.

Trampning bayonoti neft narxlarini pasaytirdi

AQSH prezidenti Donald Trampning Erondagi energetika infratuzilmalariga qarshi zarbalarni vaqtincha to‘xtatish qarori global neft bozorida keskin pasayishga olib keldi. ICE birjasida iyun oyidagi «Brent» markali neft fyuchersi 9,1 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 101,8 dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, may oyi uchun WTI nefti fyucherslari ham 9,93 foizga arzonlab, 88,4 dollargacha pasaydi. Bu so‘nggi kunlardagi eng katta pasayishlardan biri sifatida qayd etildi.

Bunday o‘zgarishlarga Trampning Eron energetika infratuzilmasiga zarbalarni besh kunga kechiktirish haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun davomida Eron bilan samarali muzokaralar olib borilgan.

Prezident «Truth Social» orqali chiqish qilib, harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilganini ma’lum qildi.

«Men Urush vazirligiga Eron elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga qarshi har qanday zarbalarni besh kun muddatga to‘xtatib turishga buyruq berdim», — deb yozdi u.

Bu qaror bozor ishtirokchilari tomonidan keskinlikning pasayishi sifatida qabul qilindi.

Teglar

Mavzuga oid