Rossiyada naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklov qo‘yildi

Bugun 07:552 daqiqa

Rossiya prezidenti 1-apreldan YOIIga 100 ming dollardan ortiq naqd rubl va 1-maydan 100 grammdan ortiq oltin olib chiqishni taqiqladi. Cheklovlar milliy manfaatlarni himoya qilish bilan izohlandi.

Rossiyada naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklov qo‘yildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-apreldan boshlab jismoniy shaxslarga YOII mamlakatlariga (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) 100 ming dollardan ortiq ekvivalentdagi naqd rubllarni olib chiqishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun esa bu taqiq summadan qat’i nazar amal qiladi. Mablag‘larni olib chiqish uchun endi bankdan pul mablag‘lari hisob raqamidan yechilganligini tasdiqlovchi maxsus ma’lumotnoma talab etiladi.

Shuningdek, 1-maydan boshlab og‘irligi 100 grammdan ortiq bo‘lgan oltin quymalarini mamlakatdan olib chiqish ham cheklanadi. Faqatgina Moskvadagi yirik aeroportlar (Vnukovo, Шереметйево, Domodedovo) va Vladivostokdagi Knevichi aeroporti orqali Federal asillik palatasining ruxsati bilangina oltin olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu cheklovlar «milliy xavfsizlikni himoya qilish» va AQSH boshchiligidagi «нодўст mamlakatlar»ning harakatlariga qarshi turish maqsadida joriy etilgan.

 

Oltin va valuta nazorati

Hukumat ushbu choralarni kapitalning mamlakatdan chiqib ketishini to‘xtatishning so‘nggi vositasi sifatida ko‘rmoqda. 2022 yildan beri xorijiy valutani (dollar, yevro) olib chiqish 10 ming dollar bilan cheklangan edi. Natijada, ko‘pchilik mablag‘larini naqd rubl yoki oltin quymalariga aylantirib, qo‘shni davlatlar orqali olib chiqib ketishga o‘tgan edi.

Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar oltinni «cho‘ntaklarida» tashish orqali bojxona to‘lovlari va valuta cheklovlarini chetlab o‘tishgan.

 

Iqtisodiy ihotalanish xavfi

Rossiya hukumati oltinni jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketilishini cheklash masalasini 2023–2024 yillardayoq muhokama qila boshlagan edi. O‘shanda Moliya vazirligi bu jarayon bojxona to‘lovlarini aylanib o‘tishning qonuniy yo‘liga aylanib qolganidan xavotir bildirgan.

Yangi farmon kuchga kirishi bilan Rossiyadan kapital olib chiqib ketish zanjiri deyarli to‘liq yopiladi. Ekspertlarning fikricha, bunday qattiq cheklovlar Rossiya moliya tizimining tashqi dunyodan yanada ko‘proq ihotalanishiga olib kelishi mumkin. Bu chora nafaqat kapital oqimini kamaytiradi, balki ichki bozorda rubl qadrini sun’iy ravishda ushlab turishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid