Kim Chen In: Yadroviy maqom abadiydir

Bugun 21:201 daqiqa

Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreyani «eng ashaddiy dushman davlat» deb atadi.

Kim Chen In: Yadroviy maqom abadiydir

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy davlat maqomidan hech qachon voz kechmasligini e’lon qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

«Respublika hukumati yadroviy davlat maqomini mutlaqo qaytmas darajada mustahkamlashda davom etadi. Bizga qarshi kuchlarning har qanday ig‘volarini chilparchin qilish uchun ularga nisbatan hujumkor kurash olib boriladi», — dedi Kim Chen In.

Bayonot va harbiy strategiya

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan mudofaa qudratini uzluksiz oshirib, mamlakatni «yengilmas qal’a»ga aylantiradi. Kim Chen In xavfsizlikni ta’minlash va mintaqada tinchlikni saqlash uchun Shimoliy Koreya o‘z kuch-qudratini namoyish etishi shartligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreyani «eng ashaddiy dushman davlat» deb atadi. U Seul tomonidan qilinadigan har qanday ig‘voga munosib javob qaytarilishini va buning uchun Janubiy Koreya og‘ir tovon to‘lashini qo‘shimcha qildi.

Siyosiy qarorlar va mudofaa xarajatlari

Mazkur bayonotlar KXDR Oliy xalq majlisining 15-chaqiriq birinchi sessiyasidagi dasturiy nutqda yangradi. Ushbu yig‘ilishda Kim Chen In yana Davlat ishlari raisi lavozimiga qayta saylandi.

Shu bilan birga, mamlakat mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirilmoqda.

Mamlakatning mudofaa xarajatlari 2025-yilda budjetning 15,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 15,8 foizga yetkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid