add

Xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Kecha 23:001 daqiqa

Sog‘lig‘idagi muammo sabab kamar taqish imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma joriy etildi.

Xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi «Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar va holatlar ro‘yxati» loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgandi.

Mazkur ro‘yxat 13-yanvar kuni Adliya vazirligida 3755-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, ushbu kasalliklardan biri aniqlangan shaxslarga QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul taqdim etiladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tibbiy ma’lumotnomaning amal qilish muddati olti oyni tashkil etadi. Muddat tugagach, bemor qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va zarurat mavjud bo‘lsa, hujjatni yangilashi talab etiladi.

Teglar

Mavzuga oid