add

Yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Kecha 12:531811 Daqiqa

Ma’lum bulishicha, gumonlanuvchi shaxs narkotik moddalarni mijozlarga Telegram botlar orqali sotgan.

Yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Andijon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbir davomida uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, uydan «gashish», kristal ko‘rinishidagi sintetik modda, «Tropikamid» dori vositalari va giyohvand tayyorlashga mo‘ljallangan xom-ashyolar topilgan.

Shu bilan birga, maxsus idishlar, qadoqlash uchun zip paketlar, to‘rtta mobil telefon va bir dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tekshiruv jarayonida noutbukda mijozlarga sintetik moddalarni sotish va lokatsiya tashlab berishda foydalanilgan uchta telegram-bot aniqlangan. Qo‘shimcha ravishda, uy sharoitida narkolaboratoriya tashkil qilish bo‘yicha video va rasmli qo‘llanmalar mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda narkolaboratoriya tashkil etgan er-xotin qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid